Andijon shahrida 350 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan birinchi muz saroyi ish boshladi, deya xabar berdi
Ta’kidlanishicha, mazkur majmuaga 17 milliard so‘m sarflangan.
“Zamonaviy, milliy me’morchilik san’ati va ilg‘or texnologiyalar asosida qurilgan muz saroyi davlat rahbari tomonidan ilgari surgan besh tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, viloyatda qishki sport turlarini ommalashtirish maqsad qilingan. Majmuada 20x40 o‘lchamdagi tabiiy muz qoplamali sport maydoni, erkaklar va ayollar uchun fitnes zali, tashrif buyuruvchilarga mo‘ljallangan umumiy ovqatlanish maskani hamda konki ijara markazi mavjud. Shuningdek, arenada turli sport tadbirlari, musobaqalar va boshqa ijtimoiy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish imkoniyati mavjud”, — deydi muz saroyi tashabbuskorlari.
Qo‘shimcha qilinishicha, muz saroyida bir vaqtning o‘zida 50 dan ziyod sportchi mashg‘ulot olib borish imkoniyatiga ega bo‘lib, kelgusida maskanda figurali uchish, xokkey kabi qishki sport turlari bo‘yicha seksiyalar ochish ham rejalashtirilgan.
Ochilish marosimida poytaxtdan tashrif buyurgan xokkey va figurali uchish ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilgan.