UzAuto Motors 2020-yildan bugungi kungacha ayollar tomonidan qancha avtomobil xarid qilinganini o‘rganib chiqdi.

Qayd etilishicha, 2020-yildan 2021-yilning hozirgi vaqtigacha ayollar tomonidan jami 45 562 dona avtomobil sotib olingan bo‘lib, umumiy 14 foizni tashkil etadi.

Shuningdek, ayollar tomonidan quyidagi avtomobillar eng ko‘p sotib olingani aytilgan:

  • Cobalt — 11 036 dona;
  • Nexia-3 — 9889 dona;
  • Lacetti — 8309 dona.

Bundan avval O‘zbekistonda bir yil ichida yengil avtomobil eksporti qariyb 85 million dollarga oshgani, O‘zbekistonga may oyida 49 ta elektromobil import qilingani hamda Toshkent shahar YHXBga elektromobillar topshirilgani haqida xabar berilgandi.