Новости про туризм

Tehron g‘arbida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Eron poytaxti Tehronning g‘arbiy qismida, taxminan milliy bog‘ hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Fars agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Portlash ovozi Eron poytaxtining chekka hududlariga ham eshitilgan”, — deyiladi xabarda.

Agentlik xabariga ko‘ra, ayni paytda portlash sodir bo‘lgan joyga o‘t o‘chiruvchilar va mahalliy politsiya vakillari yetib kelgan, ular parkda aslida nima bo‘lganini aniqlashmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida hech kim jabrlanmagan. Hodisa haqidagi rasmiy ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan.

7-iyuldan 8-iyulga o‘tar kechasi Dubaydagi Jabal Ali portida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Amirlik hukumatining ma’lum qilishicha, portga langar tashlagan kema bortidagi konteynerlardan birida yong‘in chiqqan, bu esa portlashga sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, konteynerda yonuvchi materiallar bo‘lgan.

Iyun oxirida Buyuk Britaniya poytaxti London markazida Elephant & Castle temiryo‘l bekati yaqinida yong‘in sodir bo‘lib, portlash ham yuz bergandi. Uchta tijorat obyekti olov ostida qolgan, shuningdek, oltita poyezd vagoni va telefon budkasi ham yongan.

Avvalroq Turkiyadagi mashhur kurort yaqinida yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgani, Moskva markazida pirotexnika ombori yonib ketgani haqida xabarlar berilgan.