Birlashgan Arab Amirliklari (Birlashgan Arab Amirliklari) poytaxti — Abu Dabi shahri. BMT aʼzosi. Davlatni boshqarish shakli mutloq monarxiya. Maydon 82,880 km². Milliy pul birligi — dirham (AED). Rasmiy din — islom. Musulmonlar — 96 %, boshqalar — 4 %.

Aholisi[tahrir]

BAA aholisi — 5,1 mln kishi (2010). Etnik tarkbi: arablar — 20 %, arab olamidan tashqaridagi hududlar, yaʼni YevropaHindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan — 80 %. Aholining 33 %i ayollar, 67 %i erkaklar.

Til[tahrir]

Rasmiy tili arab tili, bundan tashqari ingliz, hind, urdu va fors tillaridan ham foydalaniladi. So‘ngi yillarda Dubayga rus turistlar tashrifi ko‘pligi sababli mehmonxonalarda ishchilar rus tillarida ham suhbatlashmoqdalar[1].

Geografiya[tahrir]

BAA Fors va Omon ko‘rfazida Arab yarim orolining sharqiy qismida joylashgan. Saudiya Arabistoni Qirolligi, Qatar va Omon Sultonligi bilan chegaradosh. BAA 7 ta amirlik (xonlik) dan iborat: Abu-DhabiAjmanDubayRas Al-HaymaFujeyraUm Al-QuvaynSharja[2].

Asosiy joylar[tahrir]

Dubay (bu yer juda qiziqarli sanoatlashgan dam olish joyi: akvapark, hayvonot bogʻi, Dubay tarixiy muzeyi, mamlakatdagi eng katta savdo markazi mavjud), Sharja, Ras Al-Hayma, Abu-Dhabi, Fujeyra, Um Al-Quvayn. Asosiy turistlik markazlari: Abu-Dhabi, Ajman, Jumeyra, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvain, Sharja.

Ish vaqti[tahrir]

Odatiy ish kuni ikki mavsuvda 8 soat: ertalabdan 1300 gacha va 1600 dan kechgacha. Payshanba — qisqa kun, juma — dam olish kuni.

Bayram va dam olish kunlar[tahrir]

  • 2-dekabr (Mustaqillik kuni);
  • 1-yanvar (Yangi yil);
  • 6-avgust — Zaid shayxlikka qabul qilingan kun.

Diniy bayramlar[tahrir]

  • Iyd Al-Fitr — Ramazon tugagandan so‘ng;
  • Iyd Al-Adxa — musulmonlarning qurbonlik bayrami;
  • Musulmon kalendari bo‘yicha yangi yil;

Iqtisodiyoti[tahrir]

BAA YaIMning o‘sishi 2010-yilga nisbatan 3,2 %, Inflyatsiyaning tushishi esa 1 %. BAA iqtisodiy o‘sishi 2010-yilda 3,2 %, uning katta qismi neft bo‘lmagan sektorlardan, inflyatsiyaning tushishi 1 % kutilmoqda — deydi Davlat Iqtisodiyot Vaziri. YaIMning o‘sishida 71 % neftsiz maxsulotlarga to‘gʻri keladi, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 66,5 % edi, — deydi Sultan bin Said Al Mansuriy. Savdo tashkilotlari OPEC va WTO. Asosiy import hamkorlari: Xitoy 12,9 %, Hindiston 12 %, AQSH 8,6 %, Yaponiya 6 %, Turkiya 4,4 %, Italiya 4,2 %. Qarzi: $128,6 million (2009-yil dekabr maʼlumoti), Davlat qarzi 47,2 %, Zarari $54,68 mlrd. (2009). YaIMda qishloq xo‘jaligi (1,6 %), sanoat (61,8 %), xizmat ko‘rsatish (36,6 %) ning ulushi. Ishsizlik 12,7 %[3].

  • Asosiy sanoatlari: Neft, baliqchilik, aluminiy, sement, kemasozlik, qayiqsozlik, tikuvchilik, to‘qimachilik.
  • Eksport tovarlari: Neft vaneft maxsulotlari, tabiiy gaz, quritilgan baliq.
  • Asosiy eksport hamkorlari: Yaponiya 26,5 %, Janubiy Koreya 10,9 %, Hindiston 10,7 %, Eron 7,5 %, Tayland 6,1 %.
  • Import maxsulotlari: mashina texnologiyalari, kimyoviy maxsulotlar, oziq-ovqat.

Bojxona[tahrir]

Birashgan Arab Amirliklari bojxonasi yuz yillardan buyon qo‘llanib kelinadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, BAAning bojxona chegarasi Shayh Zaid bin Sulton va Shayh Rashid bin Al Maktoumlar (u Dubayning hokimi edi) davrigacha bir necha etaplardan iborat bo‘lgan hamda shu vaqtda birinchi bor bojxona binolari qurilib Dubayni, yaʼni amirlikning muhim savdo-sotiq shahrini tartibga solishga imkon berdi. Dubayning bojxonasi hukumatning eng qadimgi bojxonalaridandir va u „yigʻish“ nomi bilan mashxurdir, yaʼni undiriladigan soliqlar va bojlar yigʻilganligi uchun. Tarixiy bojxonaga ko‘ra odamlar uni „Markazlar onasi“ deb atashgan, chunki bir necha asosiy hukumat binolari, eng qadimiy bojxona binosi va bojxona yo‘llari u yerdan o‘tgan. 2003-yilning martida doktor (professor) Muhammad Khalfan Bin Kharbash konferensiyada qatnashdi va unda butun bojxona menejerlari bilan uchrashdi. Bunda maqsad keng miqyosda qadam tashlash, yaʼni FCA ning tashkil tpishiga ko‘ra va bojxonalararo umumiy markaz tashkil qilish to‘gʻrisida bo‘ldi. Shundan so‘ng hokimiyat organlarining bu maqsadda jadallashishiga olib keldi. Shunday qilib 2008-yil 28-mayda vazirlik komiteti kengashi (rahbari Shayh Hamdam bin Rashid Al Maktoum), vitse president, bosh vazir va Dubay hokimi, Iqtisodiy vazirlik va Sanoat komiteti tayyorlagan „Bojxona shtat qonunlarini umumlashtirish“ga erishildi.

Bojxona qoidalari[tahrir]

Import va eksportda valyuta nazorat qilinadi, jami summasi deklaratsiyada ko‘rsatiladi. Maʼnaviyatga salbiy taʼsir etuvchi audio va video maxsulotlarni hamda diniy munosabatlarga taʼsir etuvchi maxsulotlar olib kirish taʼqiqlanadi. Bojxona organi topshirilgan videokasseta va chop etilgan maxsulotlarni ko‘rib chiqishi mumkin.

  1. Jismoniy shaxs quyidagilarni bojsiz olib kirishi mumkin:
  • 2000 dona sigaret yoki 400 sigar yoki 2 kg tamaki;
  • 2 litr vino va 2 litr o‘tkir alkagol ichimlik.
  1. Quyidagilar importda qatʼiy taqiqlangan:

Fizik narsalar, psixologik materiallar, dorilarning hamma turlari, qushlarni ovlash qurollari, musulmon shariatiga xos boʻlmagan behayo video va chop etilgan tovarlar, qurol va narkotik moddalar olib o‘tish taqiqlangan. Shunisi diqqatga sazovorki, agar BAAga olib kirilayotgan import tibbiyot muolaja vositalariga narkotik aralashgan boʻlsa bu katta muammoni keltirib chiqaradi.

Bojxona postlari[tahrir]

  • Abu Dabi:

Postlar soni: 12 ta

  • Dubai:

Postlar soni: 16

  • Sharjah:

Postlar soni: 10.

  • Ras al kheman:

Postlar soni: 8.

  • Fujerah:

Postlar soni: 3.

  • Ajman:

Postlar soni: 1.

  • Um Al Quwain: