Dubay haqida qiziqarli faktlar

Bordiyu birov sizdan dunyodagi eng chiroyli joylarni sanab berishni so‘raydigan bo‘lsa, ular orasida Dubayni ham tilga olishingiz aniq. XX asrning o‘rtalarida Dubay Fors qo‘ltig‘ida joylashgan oddiygina port shahar edi xolos. Ammo 1966 yili hududdan neft topilgach, kutilmagan shiddat bilan rivojlanishni boshladi.

Ana shu yarim asrlik vaqt Dubayni dunyoning eng ajoyib megapolislaridan biriga aylantirdi, shahar ”neft qaramligi”dan ozod bo‘ldi. Bugungi kunda Dubayning asosiy foydasi shahardagi yirik loyihalar, yangi texnologiyalar, xalqaro savdo va turizm ortidan keladi.

”Qora oltin” esa o‘lka iqtisodiyotining 5% ni tashkil qilmoqda. Bugun sizga ushbu betakror shahar haqidagi qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz.

1. Tuya poygalari
1. Tuya poygalari
Tuya poygalari bir necha asrlardan beri mavjud bo‘lgan an’anaviy ko‘ngilxushlik turi bo‘lib, avvallari jonivorlar bolalar tomonidan boshqarilgan. Bu tuyaga kerakli masofani tezroq bosib o‘tish uchun yordam bergan. Ayrim paytlarda bolalarni atay och holatda o‘yinga kiritganlar. XXI asrda mazkur holat halqaro hamjamiyat tomonidan qattiq tanqid qilingach, robotlashtirilgan jokeylar ishlab chiqildi - ular juda ham yengil hamda uddaburon sanaladi.

2. Dubayda pochta manzillari mavjud emas
2. Dubayda pochta manzillari mavjud emas
Bu yerda biror yaqin insoningizga maktub yo‘llay turib, uning manzilini yozib o‘tirishingiz shart emas. Har bir inson maxsus bazada ro‘yxatdan o‘tgan va identifikatorga ega bo‘ladi. Ana shu identifikatorni ko‘rsatib yuborsangiz, pochta xizmatining o‘zi maktubingizni egasi tomon eltib beradi.

3. Burj-Xalifa
3. Burj-Xalifa
Dunyoning eng baland binosi sanalmish Burj-Xalifa 2009 yilda barpo qilingan, uning balandligi 828 metrga teng. Qurilish ishlarida 6 yillik mehnat sarf qilingan, bu yerda har kuni 12 ming quruvchi ish olib borgan. Binoni 80 km uzoqlikdan turib ham ko‘rishingiz mumkin.

4. Bino ichidagi chang‘i parki
4. Bino ichidagi chang‘i parki

Ushbu noodatiy attraktsion maydoni 2,2 gektar kattalikka ega. Shahar fuqarolarining issiq kunlarda haqiqiy qishki mashg‘ulotlardan zavq ola bilishlari uchun bu yerga har kuni 30 tonna qor olib kelishadi. Parkda 5 ta chang‘i trassasi mavjud bo‘lib, ular bir-biridan murakkabligi va tepaligi bilan farqlanadi. Qor ustida esa haqiqiy pingvinlar sayr qilib yurishadi.

5. Ko‘chadagi deyarli har bir odam - asli dubaylik emas

5. Ko‘chadagi deyarli har bir odam - asli dubaylik emas
Dubayga mehmon sifatida tashrif buyurib, faqatgina o‘zingiz kabi mehmonlar bilan so‘zlasha olsangiz ajab emas. Mahalliy insonlar shaxsiy qulaylik tushunchasiga juda katta e’tibor beradilar, shu sababli ham vaqtlarining aksariyat qismini uylarida o‘tkazishadi.

6. Bir nomer bahosi 30 ming dollar?!
6. Bir nomer bahosi 30 ming dollar?!
Atlantis The Palm mehmonxonasidagi qirollik apartamentlari uchun sutkasiga 30 000 dollar to‘lash kerak. Ushbu mablag‘ evaziga mijozga 3 ta yotoqxona, bir nechta jakuzi, ichimliklar bari, bilyard stoli, shaxsiy taomnomaga ega oshxona, kutubxona hamda massaj xonasi taqdim etiladi.

7. Tanishuvlar sayti

7. Tanishuvlar sayti

O‘lkada tanishuvlar sayti va qimor o‘yinlarni targ‘ib qiladigan har qanday kontentlar taqiqlab qo‘yilgan.

8. Dubai Mall savdo markazi Vatikan hududidan ham kattaroqdir.
8. Dubai Mall savdo markazi Vatikan hududidan ham kattaroqdir.

Bu shunchaki oddiy savdo markazi emas. Maydoni 46,5 gektarga teng bo‘lgan moll bu borada Yevropaning Vatikan o‘lkasi (44 gektar)ni ham ortda qoldiradi. Yil davomida savdo markaziga 54 million nafar inson tashrifi buyurar ekan.

9. Mahalliy politsiya superkarlar yordamida harakatlanadi
9. Mahalliy politsiya superkarlar yordamida harakatlanadi

Dubaydagi har bir mashina -superkar desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sababli politsiyaga ham bu kabi qurilmalarni quvib yeta oladigan ”temir tulporlar” kerak. Dubay ko‘chalaridagi tartibni nazorat qilib turuvchi politsiya xodimlari Lamborjini, Ferrari va Bugatti giperkarlari bilan ish olib borishadi.

10. Antiqa savdo avtomatlari
10. Antiqa savdo avtomatlari
Ko‘chalarda zargarlik buyumlari, qimmatbaho elektronika va quyma oltin bilan ishlaydigan savdo avtomatlari bor. Bu yerda naqd puldan ko‘ra ko‘proq kartalardan foydalanishadi.