🕋 Musulmon ziyoratchilar Makka va Madinadagi muqaddas joylarga qilinadigan katta va kichik haj safarida faqat yangi koronavirusga qarshi emlangandan soʻnggina ishtirok etishlari mumkin boʻladi. Ushbu qaror Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan qabul qilingan.

📍“Hajda ishtirok etishning asosiy sharti- yangi koronavirusga qarshi emlash hisoblanadi”, deyilmoqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Taufik al-Rabia bergan bayonotda.
Bu yil Islomning muqaddas joylariga katta Haj iyul oyining ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi.

📍Oʻtgan yili pandemiya tufayli haj ziyorati atigi 10 ming kishi ishtirokida oʻtgan boʻlib, ulardan 30 foizini saudiyaliklar, 70 foizini mamlakatda yashovchi xorijliklar tashkil qilgan. Chet eldan kelgan ziyoratchilarga haj ziyoratiga ruxsat berilmagan.

📌 Maxsus ruxsatnomalar surunkali kasalliklarsiz 20 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan odamlar, yangi koronavirus bilan kasallanmagan, avval hajni bajarmagan va karantin muddatiga bardosh berishga tayyor boʻlganlarga taqdim etilgan. Ular orasida koronavirusga chalinib tuzalgan shifokorlar ham bor boʻlgan. Xorijiy jurnalistlarga voqeani yoritishga ruxsat berilmagan.

📌 Oʻtgan yilning noyabr oyidan boshlab Saudiya Arabistoni asta-sekin 50 yoshgacha boʻlgan va PZR salbiy tahlil natijasi bor ziyoratchilarga umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bera boshladi.