O‘zbekistonda 16-iyul kuni 123 225 doza COVID-19’ga qarshi vaksina qo‘llanildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ulardan 96 210 dozasi birinchi bosqichda, 15 168 dozasi ikkinchi bosqichda hamda 11 877 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 5 521 020 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 520 271 dozasi ikkinchi va 555 373 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 3 445 373 kishini tashkil etmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 997 034 nafarni tashkil qilmoqda.

16-iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (19 896 doza),
  • Namangan viloyati (16 686 doza),
  • Samarqand viloyati (12 927 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Namangan viloyatida 710 809 doza,
  • Farg‘ona viloyatida 706 918 doza,
  • Andijon viloyatida 618 694 dozani tashkil qilmoqda.

Avvalroq Ozarbayjon O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yuborgani va mamlakatda jami vaksina zaxirasi 7 million 580 ming dozaga yetgani to‘g‘risida xabar berilgandi.