O‘zbekistonda 21-iyul kuni 64 755 doza COVID-19’ga qarshi vaksina qo‘llanildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ulardan 53 141 dozasi birinchi bosqichda, 7417 dozasi ikkinchi bosqichda hamda 4197 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.
Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 5 868 010 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 560 929 dozasi ikkinchi va 585 961 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 3 721 120 kishini tashkil etmoqda.
Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 027 927 nafarni tashkil qilmoqda.
21-iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Namangan viloyati (20 151 doza),
- Buxoro viloyati (11 354 doza),
- Andijon viloyati (11 205 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Namangan viloyatida 772 228 doza,
- Farg‘ona viloyatida 758 371 doza,
- Andijon viloyatida 654 020 dozani tashkil qilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelingani, JSST emizikli onalarga COVID-19 ga qarshi emlanishni tavsiya qilgani, O‘zbekistonda qancha deputat koronavirusga qarshi emlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.