Gap Rossiyaga ishchi viza bilan ishlashga kelyotgan xorijiy fuqarolar haqida ketmoqda. Rossiyaga vizasiz kirish huquqiga ega bo'lgan davlatlar fuqarolari (shu jumladan O'zbekiston ham) ushbu kvotalarga kirmaydi.
Rossiyada mehnat vizasi orqali kelgan chet elliklar sonini deyarli 40 mingga qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida e'lon qilingan qonun loyihasida aytilgan.
Agar 2020 yilda kvota 144 mingdan ortiq kishiga taqdim etilgan bo'lsa, 2021 yilda bu ko'rsatkich 104 993 kishigacha kamaytirilishi rejalashtirishmoqda.
Kvota 15 noyabrgacha shakllanishi kerak. Hozirda loyiha muhokama bosqichida.
Quyidagi yo'nalishlarda chet ellik ishchilarini qisqartirish rejalashtirilgan:
- qurilish;
- sabzavotchilik, o'rmonchilik va o'rmon tayyorlov, shuningdek yog'och tayyorlash;
- do'konlarda alkogol va tamaki mahsulotlarining chakana savdosi;
- quruqlikdagi avtotransportda yo'lovchi va yuklarini tashish;
- binolar va hududlarga xizmat ko'rsatish;
- dorixonalar, statsionar bo'lmagan savdo ob'ektlari va bozorlar, shuningdek do'konlar, chodirlar, bozorlar tashqarisidagi chakana savdo;
- ko'chmas mulkni boshqarish;
O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Armeniya, Ozarbayjon, Moldova, Qozog'istondan kelgan xorijiy ishchilar yangi qoidalar ta'siriga tushmaydi, chunki bu fuqarolar Rossiya Federatsiyasi hududiga vizasiz (lekin mehnat patentlari bilan) kirish huquqiga ega.
CHeklovlar tog'-kon, kon-kapital qurilish, montaj va qurilish-montaj ishlarida ishlaydigan chet elliklarga nisbatan ham qo'llanilmaydi.