AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Vashington Rossiya bilan sammitdan hech narsa qo‘lga kiritmadi deb hisoblaydi. Oq uyning sobiq rahbari ushbu uchrashuv Moskva uchun yaxshi o‘tganiga amin, deya uning bayonotidan iqtibos keltirgan “FoxNews”.  

“Biz hech narsa qo‘lga kiritmadik, sahnani Rossiyaga berdik, hech narsaga ega bo‘lmadik”, degan Amerikaning 45-rahbari. 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vashington “Shimoliy oqim-2” loyihasini amalga oshirishni to‘xtata olmagan, shunday qilish esa muhim bo‘lgan. 

“Menimcha, bu Rossiya uchun yaxshi kun bo‘ldi”, degan AQSHning sobiq Prezidenti telekanalga bergan intervyusida. 


Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Rossiya-AQSH sammiti bo‘lib o‘tdi. Hashamatli La Granj qasrida ikki davlat rahbari Vladimir Putin va Jo Bayden 3 soatdan ortiq muzokara olib bordi.  

Ma’lumot uchun, “Shimoliy oqim-2” loyihasi Boltiq dengizi tubi bo‘ylab har birining uzunligi 1,2 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan ikkita gaz quvur liniyasini qurishga asoslangan. Ular orqali Rossiya, Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya va Daniya dengiz hududlaridan Germaniyaga gaz yetkazib beriladi. Loyiha “Shimoliy oqim-2” AG tomonidan boshqariladi (uning yagona aksiyadori — “Gazprom”). Quvurning birinchi qatorini qurish ishlari allaqachon yakunlangan. Ikkinchi quvurni yotqizishni avgustga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

 

 

Tana harakatlari tilga kirganda: Putin va Baydenning o‘zini tutishi nima haqida so‘zlaydi?