19-iyul kuni Toshkent—Tel-Aviv—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchadigan HY 301/302-reyslar bekor qilindi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, ushbu reyslar O‘zbekiston—Isroil fuqarolari uchun uchish mumkin bo‘lmagan hududlar ro‘yxatiga kiritilgani sabab qoldirilgan. Aviakompaniya bekor qilingan reyslar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini bildirgan.
“Uzbekistan Airways AJ nomidan vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Isroil 12-iyuldan o‘z fuqarolariga koronavirus tufayli O‘zbekiston va Belarusga borishni taqiqlagan edi. Mazkur ro‘yxatdan, shuningdek, Meksika, Argentina, Braziliya, Hindiston, Janubiy Afrika va Rossiya joy olgan.